» » Irlandiyada havaskor baliqchi qarmoq yordamida ulkan olti jabrali akulani tutib oldi

Irlandiyada havaskor baliqchi qarmoq yordamida ulkan olti jabrali akulani tutib oldi


Havaskor baliqchi Irlandiya qirg‘og‘idan uzunligi qariyb yetti yarim metr, og‘irligi 680 kilogramm keladigan ulkan olti jabrali akulani ushladi. Bu Yevropada qarmoq yordamida tutilgan ushbu turdagi eng katta akula hisoblanadi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Ingliz Ben Bond yakka o‘zi bir yarim soat ulkan baliq bilan kurashdi. Og‘ir jangdan so‘ng o‘ljani suv yuzasiga olib chiqishga va suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng, akuladan ilmoqni yechib olib uni ozodlikka qo‘yib yubordi.

Olti jabrali akula — ko‘p jabralilar oilasidagi eng ulkan akula hisoblanadi, uning uzunligi 5,5 metrdan oshmaydi. U asosan baliqlar, jumladan o‘zining kichik o‘lchamdagi turdoshlari bilan ham oziqlanadi, ba’zida tyulenlarni ham ovlab turadi.

Menimcha, eng maroqlisi uning suzib ketayotganini kuzatish bo‘ldi. Men bu kabi ajoyib jonivorni o‘ldirgim kelmadi.

Ben Bond

Irlandiyada sport baliqchiligiga ruxsat berilgan, unga ko‘ra qarmoqqa ilingan baliq o‘ldirilmaydi, balki ozodlikka qo‘yib yuboriladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-05-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют