» » “Real” Garet Beylning narxini e’lon qildi

“Real” Garet Beylning narxini e’lon qildi


“Real” yarim himoyachi Garet Beyl transferi uchun 80 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

ESPN’ning klubdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, futbolchi transferi borasida hech qaysi bir klub madridliklarga rasmiy taklif bilan chiqmagan. Uelslikning o‘zi ham Madridda qolmoqchi.

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan esa Beylni rejasiga kiritmagan. Biroq 30 yoshli hujumchi jamoani tark etish niyati yo‘q, Beyl klub prezidenti Florentino Peres uni qo‘llab-quvvatlashini xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, hujumchi “Real”da yiliga 17 million yevro ishlab topadi va uning klub bilan tuzgan shartnomasi yana 3 yil amal qiladi. Shu sababli vaziyat murakkablashgan.

Avvalroq futbolchini “Tottenhem” 60 million yevro evaziga ortga qaytarishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Beyl 2018/19-yilgi mavsum Ispaniya chempionatida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют