» » Ektor Kuper JCh—2022 saralashi qur’asidan so‘ng nimalar dedi?

Ektor Kuper JCh—2022 saralashi qur’asidan so‘ng nimalar dedi?


17-iyul, chorshanba kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahrida joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Jahon Chempionati—2022 hamda Osiyo Kubogi—2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin oldi. Guruhda terma jamoaga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper qur’a haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Qur’ada qanday jamoalar bir-biriga to‘qnash  kelishini oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi. Shu sababdan har qanday raqib bilan to‘qnash kelishga tayyor turish lozim. Jahon chempionati saralashi ikkinchi bosqichi qur’asi bizga taqdim etgan raqiblarning barchasi o‘ziga yarasha kuchli jihatlarga ega. Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi. Guruhimizdan o‘rin olgan har bir raqibni hurmat qilgan holda uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. O‘zbekiston terma jamoasi barcha uchrashuvlarda mazmunli o‘yin namoyish etib, yakunda kelasi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun maydonga tushadi.

Ektor Kuper, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют