» » Zelenskiy Putin bilan telefon orqali suhbati tafsilotlarini so‘zlab berdi (video)

Zelenskiy Putin bilan telefon orqali suhbati tafsilotlarini so‘zlab berdi (video)


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatining tafsilotlari haqida so‘zlab berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.

Ukraina yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning barcha hamkorlari Rossiya prezidentiga qo‘ng‘iroq qilishiga qarshi bo‘lgan.

“Ukrainaning barcha hamkorlari Putinga qo‘ng‘iroq qilishimga qarshilik ko‘rsatdi. Ushbu masala, avvalo, Ukraina va fuqarolarimiz manfaati yo‘lida bo‘lgani uchun qaror qabul qildim. Bizni qo‘llab-quvvatlagan g‘arblik hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz, biroq o‘z fikrimizga ham egamiz”, — deydi Zelenskiy.

Shuningdek, Zelenskiy Rossiya prezidenti bilan muloqot vaqtida asirlarni qaytarish borasidagi masalani ham muhokama qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют