» » O‘zbekistonda davlat budjeti hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati tayyorlandi

O‘zbekistonda davlat budjeti hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati tayyorlandi


“Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi idoralararo qaror loyihasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlandi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.

Hujjatga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati ilova qilingan. Ular quyidagilar:

— Yurak-qon tomir kasalliklari: tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsoni bor va qon aylanishi buzilishi kuzatilgan; barcha turdagi kardiomiopatiyalar; yurak ritmi buzilishi bilan miokardit va endokarditlar; yurakda rekonstruktiv jarrohlikdan so‘nggi holatlar;

— Nafas sistemasi kasalliklari: nafas yetishmovchiligining II-III darajasi bilan asoratlangan o‘pka kasalliklari; bronxial astma og‘ir shakllari;

— Jigar kasalliklari: jigar sirrozi; faol davridagi surunkali gepatitlar “C”, “D”, “B”.

— Qandli diabet kasalligi;

— Toksik buqoq kasalligining dekompensatsiya bosqichi yurak ritmi buzilishi bilan: tireotoksikoz, diffuz toksik buqoq III darajasi;

— Buyrak kasalliklari: yagona buyrak; ikkilamchi burishgan buyrak kasalligi; glomerulonefrit; surunkali buyrak yetishmovchiligi; nefrostoma qo‘yilgan homilador ayollar;

— O‘ta og‘ir akusherlik anamnezi bor homilador ayollar: uchtadan ko‘p bo‘lgan 22 haftagacha homila tushgan holatlar anamnezda kuzatilgan homilador ayollar; ikkitadan ko‘p bo‘lgan 22 haftadan katta erta tug‘ish holatlar (perinatal yo‘qotishlar bilan) anamnezda kuzatilgan homilador ayollar; anamnezida ikkita va undan ko‘p kasal/nogiron tug‘ilgan chaqaloqlar bor homilador ayollar.

— Qon va qon yaratuvchi a’zolar kasalliklari: kamqonlikning og‘ir shakli (gemoglobin 70 g/l va undan kam) tug‘ma va ortirilgan trombotsitopatiyalar va b.

— Biriktiruvchi to‘qimalar tizimli kasalliklari (kollagenoz): tizimli qizil yugurik, poliarteriit, sklerodermiya, gemorragik vaskulit, Bexterev kasalligi;

— Ko‘krak qafasida, qorin bo‘shlig‘ida, kichik chanoq bo‘shlig‘ida (o‘pka, buyrak, jigar, siydik pufagi, siydik yo‘llari, qora taloq, ingichka va to‘g‘ri ichak, chanoq suyaklarida) rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan homilador ayollar;

— Ko‘z kasalliklari: glaukoma;

— 18 yoshgacha o‘smir qizlar (homiladorlar);

— Turli yomon sifatli va chegaradosh o‘sma kasalliklari bor homilador ayollar;

— Tuberkulyoz (sil) bilan homilador ayollar;

— Surunkali va uzoq kechuvchi ruhiy buzilishlar bilan kasallangan homilador ayollar.

Kasalliklar to‘liq ro‘yxati bilan loyihada tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют