» » Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilish vagonida yong‘in yuz berdi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilish vagonida yong‘in yuz berdi


19-iyul kuni soat 02:55 da Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik va Shahrisabz ko‘chalari kesishuvida joylashgan qurilish maydoni xududida qurilish vagoni 10 kvadrat metr maydonda alanga oldi. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 03:00 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 03:05 da bartaraf etilgan.

Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Sodir bo‘lgan yong‘inda insonlarning halok bo‘lishi va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют