» » Toshkentda “pasport stoli” dam olish kunlari ham ishlaydi

Toshkentda “pasport stoli” dam olish kunlari ham ishlaydi


Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahar IIBB tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari dam olish kunlarisiz ishlamoqda. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 1-yanvar kunidan egasining biometrik ma’lumotlari bo‘lmagan pasportlar bekor hisoblanadi.

Toshkent shahar IIBB biometrik pasportni rasmiylashtirish uchun MvaFRB bilan bog‘liq ishlarni kechiktirmaslikni so‘raydi. “Bu ishlarni o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan kunda amalga oshirishingiz mumkin, hattoki yakshanba kuni ham!” — deyiladi xabarda.

Shuningdek, yakshanba kunlari barcha tuman MvaFRBlariga pasport-viza tartibi bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha ham murojaat qilish mumkin. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish masalasi, propiska va ro‘yxatdan chiqish masalalari shular jumlasidandir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют