» » G‘azo sektorida HAMAS yetakchilaridan biri o‘ldirildi

G‘azo sektorida HAMAS yetakchilaridan biri o‘ldirildi


HAMAS harakati yetakchilaridan biri Mazen Fukaxa G‘azo sektori nazorati ostidagi hududda o‘ldirildi. Reuters agentligining ma’lum qilishicha, noma’lum shaxslar jangariga qarata bir necha marta o‘q uzgan, deb yozadi “Kommersant.ru”.

HAMAS bu qabih jinoyatda Isroil va uning ittifoqchilarini aybdor deb hisoblashini ma’lum qildi. “Isroil jangarilarning qoni shunchaki to‘kilmasligini va HAMAS bunga qanday javob qaytarishni biladi”, — deyiladi harakat bayonotida.

Isroil qurolli kuchlari vakillari HAMAS bayonotiga izoh berishdan bosh tortdi.

Mazen Fukaxa Isroilga kapral Gilad Shalitni topshirish evaziga ozod qilingan minglab falastinliklardan biri edi. Fukaxa qurolli kuchlar postiga hujum tashkil etishda ayblanib, 2003-yilda Isroil maxsus xizmatlari tomonidan hibsga olingan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют