» » Suriya armiyasi Isroil qiruvchi samolyotini urib tushirganini ma’lum qildi

Suriya armiyasi Isroil qiruvchi samolyotini urib tushirganini ma’lum qildi


Isroilning Suriya havo hududiga kirgan 4 ta qiruvchi samolyotidan biri urib tushirildi. Bu haqda Suriya armiyasi bayonotiga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Shu bilan birga, Isroil televideniyesining “O‘ninchi kanal”i Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari Suriya qurolli kuchlarining S-200 zenit-raketa kompleksidan o‘qqa tutilgani, biroq ular nishonga tegmaganini bildirmoqda. 

“Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari ‘Hizbulloh’ harakati uchun mo‘ljallangan qurolli konvoyga hujum uyushtirdi. Operatsiya davomida samolyotlarga havo mudofaasi tizimlari raketalaridan zarba berildi, biroq ularga zarar yetmadi”, — deya ma’lum qildi telekanal. 

Опубликовано: admin (17-03-2017, 16:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют