» » Rossiyalik akademik: Leonov va Armstrong Oyga birga qo‘nishi mumkin edi

Rossiyalik akademik: Leonov va Armstrong Oyga birga qo‘nishi mumkin edi


SSSR 1963-yilda AQSh prezidenti Jon Kennedining Oyga uchish dasturi bo‘yicha hamkorlik taklifini qabul qilganida, sovet kosmonavti Aleksey Leonov va amerikalik atronavt Nil Armstrong 1969-yil iyulida Oyga birga qo‘nishi mumkin edi. “TASS”ning xabar berishicha, bu taxminni Siolkovskiy nomidagi Rossiya kosmonavtika akademiyasi akademigi Aleksandr Jeleznyakov bildirgan.

Oyga birinchi marta odam qo‘nganiga 20-iyul kuni 50 yil to‘ldi. NASA astronavtlari Nil Armstrong va Bazz Oldrin 1969-yilning 20-iyulida “Apollon-11” kemasida Oy yuzasiga qo‘ngan, 21-iyulda esa Armstrong Yer aholisidan birinchilardan bo‘lib Oyga qadam bosgan.

Jeleznyakovning aytishicha, 1963-yilning yozida AQSh prezidenti Jon Kennedi o‘limidan bir necha oy avval hatto o‘z maslahatchilarini ham hayron qoldirib, sovet rahbariyatiga Oyga hamkorlikda parvozlarni tashkil etish murojaati bilan chiqqan.

“O‘sha paytda ‘Appolon’ ishi ayni avjida edi, biz esa endi o‘z loyihalarimizni shakllantirayotgan edik”, — degan Jeleznyakov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taklifning zamirida siyosiy tashabbus bor edi.

Kennedi SSSR bilan munosabatlarini yaxshilamoqchi va “Appolon”ga sarflanadigan xarajatlarni ham kamaytirmoqchi bo‘lgan. Biroq, uning taklifiga SSSR hukumati rad javobini bergan. Xrushchyov esa: “Biz o‘zimiz amerikaliklarsiz Oyga qo‘nishni eplay olamiz”, — deb aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют