» » O‘zbekistonlik karatechilar Osiyo chempionatida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik karatechilar Osiyo chempionatida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi


Toshkent shahri mezbonlik qilgan karate bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medalga ega chiqdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Oltin medal uchun tatamiga chiqqan o‘zbekistonlik to‘rt bafar karatechidan uch nafari qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi. Finalchilardan Bahriniso Babayeva (-50 kg), Sadriddin Saymatov (-60 kg) hamda Nodira Jumaniyozova (-68 kg) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sevinch Rahimova (-55 kg) kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Mohlaroyim Hakimjonova (+68 kg) hamda Javohirbek Abdusattorov (-55 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi vakillari kumite bahslarini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют