» » Qozog‘iston prezidenti Xitoyda korrupsiyachilar ko‘z o‘ngida otib tashlangani haqida gapirdi

Qozog‘iston prezidenti Xitoyda korrupsiyachilar ko‘z o‘ngida otib tashlangani haqida gapirdi


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarovga bergan intervyusida Xitoyda korrupsiyachilar otib tashlanganiga guvoh bo‘lgani haqida hikoya qildi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

To‘qayevga ko‘ra, bu 1988-yilda Xitoyning janubiy shaharlaridan birida ro‘y bergan.

“O‘zim bir marta bevosita shu jarayonga guvoh bo‘lganman. Qo‘rqinchli taassurotlar. Odamlarni yuk mashinalarida olib kelishdi, tushirishdi, ko‘zlarini bog‘lashdi. Hukm e’lon qilindi. Va har birini ensasiga qarata o‘q uzildi. Bir tomondan, bunga guvoh bo‘lish nihoyatda og‘ir. Ikkinchi tomondan, bu davlatning tarixiy-madaniy an’analari va men uni qoralashdan yiroqman. Balki shunday uslublar qo‘llanmasa, mamlakatdagi vaziyat izdan chiqib ketar”, — deya xotirlaydi Qozog‘iston prezidenti.

Ma’lumot uchun, Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘z vaqtida Sovet Ittifoqining Pekindagi elchixonasida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют