» » Qashqadaryolik tadbirkor uning do‘konini buzmoqchi bo‘lgan hokim o‘rinbosarini yoqib yubordi

Qashqadaryolik tadbirkor uning do‘konini buzmoqchi bo‘lgan hokim o‘rinbosarini yoqib yubordi


Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tadbirkor do‘konini buzmoqchi bo‘lgan hokim o‘rinbosariga benzin quyib yoqib yubordi. Bu haqda Repost xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, voqea 20-iyul kun sodir bo‘lgan. Yakkabog‘ tumani hokim o‘rinbosari soat 17:30 larda “Hisor Sarlochin” MChJning bir qator do‘konlarini buzmoqchi  bo‘lgan.

“Tadbirkor bunga qarshilik ko‘rsatgan. Chorasiz qolganidan so‘ng hokim o‘rinbosari ustiga benzin quyib uni yoqib yuborgan. Oqibatda u terining 30—40 foiz kuyishi jarohati bilan kasalxonaga yetkazilgan”, — deyilgan Bosh prokuratura xabarida. Ushbu holat yuzasidan Yakkabog‘ prokuraturasi  tomonidan tadbirkorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Jahon” agentligi xabariga ko‘ra, 4—5 oydan buyon Tumanning Yakkabog‘ “posyolka”sidan “Do‘ng qishloq”gacha bo‘lgan hudud “Obod qishloq” dasturi loyihasiga tushganligi sababli, asosan yo‘l kengaytirilib, yo‘l ustida joylashgan qurilishlar buzilmoqda. Tadbirkorning ham do‘koni buzilishi kerak bo‘lgan va bunga tadbirkor oila a’zolari bilan bir qancha vaqt qarshi bo‘lib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют