» » Samarqandda 33 yoshli erkak o‘ziga benzin quyib, yoqib yubordi

Samarqandda 33 yoshli erkak o‘ziga benzin quyib, yoqib yubordi


18-may kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan erkak o‘zini o‘ldirishga urindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Repost.uz” xabar berdi.

Erkak o‘zining ustiga benzin quyib, yoqib yuborgan. Yaqin qarindoshlari unga birinchi yordamni ko‘rsatishga ulgurib qolgan va 33 yoshli fuqaroni Respublika shoshilinch yordam ilmiy-tadqiqot markazi Samarqand filialiga olib borgan.

Ko‘rsatilgan tezkor tibbiy yordamga qaramasdan erkak 19-may kuni vafot etgan. Shifokorlarning xulosasiga ko‘ra, marhum 80 foiz termik kuyish, eng yuqori darajadagi kuyish, shuningdek, termoingalsion jarohat oqibatida halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasida Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini oldirish darajasiga yetkazish) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Toyloq tuman prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют