» » Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi


Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat avvalida Tojikiston prezidenti davlat rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Prezidentning O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi roli va faol sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.

Suhbatda davlat rahbarlari ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kengaytirish, faol gumanitar almashinuvlarni, jumladan, chegaradosh hududlar o‘rtasidagi aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют