» » Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan qutladi

Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan qutladi


Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat avvalida Nursulton Nazarboyev davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, O‘zbekiston Prezidentining qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishishdagi shaxsiy hissasini alohida qayd etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, tabrik va ezgu tilaklar, shuningdek, ko‘p qirrali O‘zbekiston—Qozog‘iston hamkorligining rivojlanishi va mustahkamlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirdi.

Keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi bir necha karra ortdi, ustuvor yo‘nalishlarda istiqbolli kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, transport va tranzit kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlik kengaymoqda.

Hamkorlikning yangi jihati — hududlararo almashinuvlar yo‘lga qo‘yildi. Ishbilarmonlik aloqalari faollashdi. O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasida qardosh xalqlar do‘stligi va yaxshi qo‘shnichiligini mustahkamlashga xizmat qilayotgan birgalikdagi tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlar, jumladan, O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari raisligidagi qo‘shma hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют