» » Samarqandda voyaga yetmagan o‘z qizini zo‘rlash bilan tahdid qilgan erkakni xotini o‘ldirdi

Samarqandda voyaga yetmagan o‘z qizini zo‘rlash bilan tahdid qilgan erkakni xotini o‘ldirdi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudi o‘z erini kaltaklab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan ayolning ishini ko‘rib chiqdi.

2019-yilning 26-yanvar kuni soat taxminan 22:30 atrofida marhum E.O‘. mast holatda turmush o‘rtog‘i O‘.O‘.ni haqoratlab, uni yalang‘och holatda ko‘chaga chiqishini va voyaga yetmagan qizi bilan jinsiy aloqada bo‘lishini aytgan. Bu gaplaridan g‘azablangan O‘.O‘. ushbu noo‘rin qilmishlari uchun turmush o‘rtog‘idan o‘ch olish maqsadida uyda bo‘lgan bo‘sh holdagi 0,7 litr hajmli aroq shishasi bilan E.O‘.ning boshi va yuz qismiga bir necha marotaba o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan urgan. Zarb kuchidan yerga yiqilgan turmush o‘rtog‘ining ko‘krak va qorin sohasiga ikki oyog‘i bilan chiqib, qorin va ko‘krak sohasiga ikki oyog‘i bilan bir necha marotaba sakrab, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Turmush o‘rtog‘i yana janjalni davom ettirishining oldini olish maqsadida, uning o‘zida emasligidan foydalanib, uni gilamga o‘rab uyidan ko‘chaning boshigacha sudrab olib chiqib qo‘ygan. Natijasida, E.O‘. oradan taxminan 1–2 soat vaqt o‘tganidan keyin ko‘chada vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudining “Jahonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tgan ochiq sudida O‘.O‘.ning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida so‘roq qilingan sudlanuvchi O‘.O‘. o‘z ko‘rgazmasida aybiga to‘liq iqrorligini bildirib, 2012-yildan boshlab turmush o‘rtog‘i uyga ichib kelib katta qiziga tegajoqlik qiladigan odat chiqarganligini, u uyda bo‘lganida qizini turmush o‘rtog‘ining qo‘lidan ajratib olishligini, u bo‘lmaganida esa qizi ko‘chaga qochib chiqishini bildirgan. Bu azoblarga chidolmasdan qizi Toshkent shahriga ishlash uchun qochib ketgan. Shundan so‘ng ham turmush o‘rtog‘i E.O‘. ichishni to‘xtatmasdan unga va bolalariga azob beravergan. 2018-yilning noyabr oyida ishdan uyga kelganida turmush o‘rtog‘i E.O‘. ichib kelib ikkinchi qizini urayotganligini ko‘rgan. Ularni ajratib olganligidan so‘ng qizi uydan qochib, o‘z joniga qasd qilish maqsadida o‘zini “Narpay” kanaliga tashlagan. Biroq notanish kishilar qizni qutqarib qolgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudining raisi A.Akramovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, sudlanuvchi O‘.O‘. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan aybli deb topilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют