» » O‘zbekiston internet infratuzilmasini yaxshilash uchun Xitoydan 40 mln dollar kredit olishi kutilmoqda

O‘zbekiston internet infratuzilmasini yaxshilash uchun Xitoydan 40 mln dollar kredit olishi kutilmoqda


O‘zbekiston mamlakatdagi internet infratuzilmasini Xitoy krediti mablag‘lari evaziga yaxshilashni rejalashtirmoqda. Spot’ning xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasining yaqinda shu masala bo‘yicha e’lon qilgan qarori loyihasida ko‘rsatib o‘tilgan.

Gap “O‘zbektelekom” telekommunikatsiya infratuzilmalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish loyihasi haqida ketmoqda. Ularni Xitoy davlat bankining 40 million dollar krediti hisobiga 5 yil muddatga moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.

Bu ma’lumotlarni uzatish, keng polosali optik tarmoqlarni rivojlantirish va mobil aloqa tarmoqlarini modernizatsiyalashga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga yordam berishi kutilmoqda.

Shuningdek, “Telekommunikatsiya tarmoqlarini 5G texnologiyalarini joriy etish istiqboli bilan rivojlantirish”, “Ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish markazini kengaytirish” va “Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish bo‘yicha simsiz texnologiyalarni joriy etish” kabi loyihalar ham nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют