JCh—2018. 4 ta o‘yinda 21 ta gol urgan Belgiya Gretsiyani yenga olmadi, Bosniya esa 5 ta gol urdi
Rossiya—2018 mundiali uchun kurash olib borayotgan Yevropa mamlakatlari saralashning 5-turini davom ettirdi.
Belgiya terma jamoasi ketma-ket to‘rt tur davomida raqiblar darvozasiga urgan gollari sonini oshirib bordi: Kipr — 3:0, Bosniya — 4:0, Gibraltar — 6:0, Estoniya — 8:1. Birinchi davraning so‘nggi turiga kelib Roberto Manchini shogirdlarini Gretsiya to‘xtatib qoldi — 1:1.
Mazkur ochko yo‘qotishga qaramay, Bosniya guruhda yetakchiligini saqlab qoldi. Gretsiya esa Bosniyaning o‘zidan ilgarilab ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
Dastlabki ikki yo‘llanma uchun uch terma jamoa kurash olib borayotgani mazkur guruhda ikkinchi davra o‘yinlari ancha qiziqarli kechishidan dalolat berib turibdi.
JCh—2018. Yevropa
“H” guruhi. 5-tur
25-mart, shanba
Gollar: Vedad Ibishevich, 4 (1:0). Vedad Ibishevich, 43 (2:0). Avdiya Vrshayevich, 52 (3:0). Edin Vishcha, 56 (4:0). Ermin Bichakchich, 90+4 (5:0).
Gollar: Kostas Mitroglu, 46 (0:1). Romelu Lukaku, 89 (1:1).
Chetlatishlar: Panayotis Taxtsidis, 65 (G). Giorgos Dzavellas, 90+5 (G).
Добавить комментарий!






- отсутствуют
