» » Xitoy janubidagi ko‘chki qurbonlari soni 22 kishiga yetdi

Xitoy janubidagi ko‘chki qurbonlari soni 22 kishiga yetdi


Xitoyning Guychjou provinsiyasida kuzatilgan ko‘chki oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “TASS”.

Bundan tashqari, 23 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.

Avvalroq 20 kishi halok bo‘lgani xabar berilgan edi.

Qutqaruvchilar ikki soat deganda vayronalar ostidan ikki jasadni olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Guychjouda ko‘chki 23-iyul kuni boshlangan edi. O‘shanda Xechjan uezdidagi qurilish maydonchasi vayronalar ostida qolgan edi.

Ikkinchi ko‘chki esa Lyupanshuy shahriga yaqin Shuychen uezida yuz bergandi. Buning oqibatida 21 ta uy buzilgan, 77 kishi esa xavfli hududda qolib ketgan edi.

Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Jarayon Xitoy hukumati tomonidan moliyalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2019, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют