» » O‘zbekistonda qishloqlarda shifokor yetishmasligi muammosini majburiyat emas, imtiyozlar bilan hal etgan yaxshi emasmi?

O‘zbekistonda qishloqlarda shifokor yetishmasligi muammosini majburiyat emas, imtiyozlar bilan hal etgan yaxshi emasmi?


Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezidentning “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmuni-mohiyati va ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, mamlakatda tibbiy sohada muammolar yo‘qdek, lekin haqiqatan hammasi shundaymi?

Anjumanda qayd etilishicha, so‘nggi 3 yil davomida tibbiyot sohasiga oid 140 dan ziyod farmon, qaror va farmoyish qabul qilingan. Sohani rivojlantirish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Ammo mahalliy poliklinikalarga chiqar ekanmiz, o‘zgarishlar hisobotda ko‘rsatilganidek ekanligiga shubha tug‘ila boshladi. Misol uchun, avval anketalar tutilar, bemorning holati kichik daftarga qayd etilardi. Keyinchalik hamma ma’lumotlar kompyuterda qayd etiladigan bo‘ldi. Bu bilan shifokorlar uyum-uyum qog‘ozlardan qutuldi, deb o‘ylasangiz, yanglishasiz.

Shifokor, hamshiralar endi qaydlarni elektron hamda qog‘oz tarzda ham olib bormoqda. Ularning ishi yengilladimi? Bu xuddi mashina sotib olib, uni haydamasdan, orqasidan itarib yurishga o‘xshaydi.

Tibbiyot yo‘nalishida ta’lim olgan talabalar viloyat va chekka qishloqlarga ishlash uchun ketadi. Aynan chekka qishloqdagi poliklinika yoki kasalxonaga ishga joylashgach, ish joyidan o‘quv dargohiga ma’lumotnoma ham olib borib beradi.

Sharoiti haminqadar bo‘lgan chekka qishloqdagi vrachlik punktiga joylashgan yangi shifokor o‘quv joyiga hisobotini yetkazgach, juftakni rostlaydi.

Qishloqlarda shifokor yetishmasligi muammosi esa yana dolzarbligicha qolaveradi.

Ayni muammo bo‘yicha esa anjumanga yig‘ilgan mutasaddilar shunday javob berdi. Ya’ni ularga ko‘ra, endilikda bitiruvchi talabalarga o‘z viloyatida ishga joylashib, 5 yil davomida o‘sha yerda ishlash majburiyati qo‘yilmoqda.

Ammo mazkur muammoni majburiyat emas, imtiyozlar bilan hal etgan yaxshi emasmi? Zora shu orqali qishloqlarda ham tibbiyot markazlari yaxshilansa, yosh shifokorlar ham ishdan bo‘shab shaharga qochish taraddudida bo‘lmas.

Anjumanda aytilishicha, ayni vaqtda mamlakatda tibbiyot sohasi uchun 7 ta oliy tibbiy ta’lim muassasasi va ularning 4 ta filialida malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

2018-yili Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali ochilishi, akademiyaning Farg‘ona filialida qabul jarayonining qayta tiklanishi hududlardagi tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatini kengaytirgan.

Hisobotga ko‘ra, joriy yilda bakalavr ta’limi yo‘nalishiga jami 4490 ta joy ajratilgan. 2019-yil 16-iyul holatiga ko‘ra, DTMning rasmiy veb-saytidagi ma’lumotlarga asosan, 1-ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlangan abituriyentlar soni 62 461 nafarni tashkil etgan.

Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, tibbiyot bo‘yicha ta’lim olishni istaganlarga nisbatan taklif qilinayotgan o‘rinlar ancha kam.

Viloyatlardagi kasalxonalarda esa malakali kadrlar yetishmasligi masalasi hamon dolzarb. Shahardagi kasalxonalarda ham malakali shifokorlar qabuliga navbatlar ko‘p.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют