» » O‘zbekistonda pensiya yoshi o‘zgaradimi? Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mutasaddisi izoh berdi

O‘zbekistonda pensiya yoshi o‘zgaradimi? Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mutasaddisi izoh berdi


Davlat pensiya ta’minotini isloh qilish konsepsiyasida pensiya yoshi asosiy masala sifatida ko‘rilayotgani yo‘q. Bu haqda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori o‘rinbosari jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda aytib o‘tdi, deya habar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Shuhratjon Davronovning ma’lum qilishicha, bugungi kunda davlat pensiya ta’minotini isloh qilish konsepsiyasi ko‘rib chiqilmoqda. Konsepsiya doirasida pensiya yoshini oshirish, pasaytirish yoki boshqa o‘zgartirishlar kiritish asosiy masala sifatida ko‘rilayotgani yo‘q.

“Konsepsiyada bir qancha yo‘nalishlar ko‘rib chiqilib, Xalqaro mehnat tashkilotining prinsiplariga monand ravishda ekspertlar bilan ishlar olib borilmoqda. Yil yakuniga qadar ushbu konsepsiya loyihasini ommaga taqdim etish ko‘zdan tutilgan”, — deya ta’kidladi o‘rinbosar.

Jamg‘arma vakilining qo‘shimcha qilishicha, hozirgi pensiya yoshi Sobiq ittifoq davridan buyon amalda.

“Dunyoda eng past pensiya yoshi O‘zbekistonda qolib ketganligini ko‘rishimiz mumkin. Pensiya yoshi 1956-yilda Sobiq ittifoq mamlakatlari pensiya qonunchiligidan qolib ketgan. O‘sha davr statistikasiga qaraydigan bo‘lsak, o‘rtacha umr ko‘rish 47 yil bo‘lgan. Vaholanki, bugungi kunda o‘rtacha umr yoshi o‘sgan”, — dedi u.

Avvalroq O‘zbekistonda pensiya yoshining oshirilishi 2021-yildan so‘ng amalga oshishi aytilgan edi. Unda pensiya yoshining oshirilishi 2022-yilga ko‘chirilishi ham mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

Davlat pensiya ta’minotini isloh qilish konsepsiyasiga muvofiq, O‘zbekistonda erkaklar uchun pensiya yoshini 63, ayollar uchun 58 yoshgacha bosqichma-bosqich oshirish ko‘zda tutilmoqda. Pensiya yoshi har yili 6 oyga oshirib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют