» » TIV: Janubiy Koreyada tungi klub konstruksiyasi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

TIV: Janubiy Koreyada tungi klub konstruksiyasi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Koreyada tungi klub konstruksiyasi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonning Seul shahridagi Elchixonasining Konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 27-iyul kuni Kvandju shahridagi (Koreya Respublikasi) tungi klublardan birida yuz bergan bino qismining qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlanganlar ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarolari, jumladan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolarining nomlari yo‘q. Shahar politsiyasi ham ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

Janubiy Koreya huquqni muhofaza qilish organlari xabariga ko‘ra mazkur hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi, jumladan 9 nafar jahon chempionatining xorijlik ishtirokchilari jarohat olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

Avvalroq jabrlangarlar orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ham borligi, lekin ular sportchilar emasligi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют