» » Majid Karimov: O‘zbekistonda bu yil abituriyentlardan 53 mlrd so‘m to‘plandi

Majid Karimov: O‘zbekistonda bu yil abituriyentlardan 53 mlrd so‘m to‘plandi


Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida OTM bakalavriat yo‘nalishiga qabul test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, kutilayotgan natijalar va kelgusidagi rejalar haqida ma’lum qilindi.

Mutasaddilarga ko‘ra, test sinovlari 29-iyul kuni boshlanib, 16 kun davom etadi. Test sinovlari o‘tkazilishi uchun 66 bino tayyorlandi, ularning eng kattasi bir vaqtning o‘zida 1710 abituriyentni qabul qiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi IIV bilan hamkorlikda binolar uchun 1155 dan ortiq videokuzatuv kamerasi, 120 dona mobil aloqalarini to‘suvchi qurilma, abituriyentlar sonidan kelib chiqqan holda metalloramalar, barmoq izi asosida tanish vositalari o‘rnatdi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarga zaxira elektr tarmoqlari ulandi. Ota-onalarning kutish joylari uchun soya-salqin joylar belgilandi va ularga maishiy sharoitlar tashkil etildi.

Abituriyentlar va guruh nazoratchilariga ichimlik suvi va ruchkalar xarid qilinib, binolarga tarqatildi. Test sinovi ishtirokchilarini tushlik paytida issiq ovqat bilan ta’minlash uchun shartnomalar tuzildi.

Bugungi kunga qadar 930 mingdan ortiq abituriyent DTMning rasmiy veb-saytidan ruxsatnomalarini olgan. Test jarayonida to‘ldirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar tartibga solindi va abituriyent stoliga qo‘yib chiqildi.

Davlat test markazi rahbari Majid Karimovning ta’kidlashicha, bu yil yangi joriy etilgan tizim sababli hujjat topshirish jarayonida abituriyentlardan 53 milliard so‘m miqdorida mablag‘ to‘plangan. Test sinovlarida yaratilayotgan sharoitlar ana shu mablag‘ hisobidan amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют