» » “Manchester Siti” Leroy Sanega o‘rinbosar topdi

“Manchester Siti” Leroy Sanega o‘rinbosar topdi


“Real Sosyedad” yarim himoyachisi Mikel Oyarsabal faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

AS’ning xabar berishicha, 22 yoshli futbolchiga ayni damda “Manchester Siti” qiziqish bildirmoqda. Agarda Leroy Sane “Bavariya”ga o‘tadigan bo‘lsa, “shaharliklar” Oyarsabalni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

“Mankunianlar” futbolchi uchun “Sosyedad”ga Oyarsabalning shartnomasida ko‘rsatilganidek 75 million yevro tovon pulini to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Oyarsabal 2018/19-yilgi mavsum La Ligada 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi hamda 4 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют