» » Toshkentda Tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 25 ming dollar olgan qashqadaryolik shifokor ushlandi

Toshkentda Tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 25 ming dollar olgan qashqadaryolik shifokor ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Nov qishloq vrachlik punkti shifokori A.Q. qo‘lga olindi.

U fuqaro I.A.ni tanishlari orqali Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifokorlar ko‘chasida firibgarlik yo‘li bilan 25 000 dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, yuqoridagi kabi turli noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kiritishga va’da berib, ta’magirlik qilayotgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslarga duch kelsangiz, Bosh prokuraturaning qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tun-u kun ishlovchi ishonch telefonlariga murojaat etishingizni so‘raymiz”, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют