» » Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi


2019-yilning 26-iyul kuni Janubiy Koreyaning Chungnam provinsiyasida O‘zbekiston fuqarosi N.Yu.ning jasadi topildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Seul shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga tayanib xabar qiladi.

Koreya Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoiy ish ochildi, politsiya tergov tadbirlarini amalga oshirmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va hozirda marhumaning qarindoshlari bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarosining jasadini vatanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют