» » Pokistonda harbiy samolyot qulab tushishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda harbiy samolyot qulab tushishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi


Pokistonda harbiy samolyotning qulashi oqibatida o‘n yetti kishi halok bo‘ldi, deb xabar qiladi “TASS”.

Reuters agentligining ma’lum qilishicha, havo kemasi mamlakat shimolidagi Ravalpindi shahri uzra mashg‘ulot parvozini amalga oshirish vaqtida falokatga uchragan. Samolyot turi haqida ma’lumot yo‘q. Sodir bo‘lgan falokatdan so‘ng, odamlar istiqomat qiladigan dahada yong‘in yuzaga kelib, bir nechta binoga zarar yetgan. Ayni vaqtda yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.

Pokistonlik harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, falokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 5 kishi va 12 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Samolyotning qulashiga nima sabab bo‘lgani noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют