» » Mehnat vazirligi Farg‘onadagi hashar ishlari haqida: bu xildagi tadbirlar ommaviy ravishda mehnatga majburlash hisoblanadi

Mehnat vazirligi Farg‘onadagi hashar ishlari haqida: bu xildagi tadbirlar ommaviy ravishda mehnatga majburlash hisoblanadi


27—28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatining qator tumanlarida o‘tkazilgan hashar ishlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot berdi.

29-iyul Milliy axborot agentligining Uza.uz saytida “Rishtonda uyi buzilishga tushgan har bir oilaga ko‘mak berilmoqda” nomli maqola e’lon qilindi. Maqolada 27—28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatining qator tumanlarida yo‘llarni kengaytirish, obyektlar qurish va obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish uchun “Azot” AJ, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”, “Farg‘ona Issiqlik energo markazi” MChJning 4500 nafar xodimini jalb etish orqali hashar o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi shuni ma’lum qiladiki, bu xildagi tadbirlar mehnat qonunchiligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzish va ommaviy ravishda mehnatga majburlash hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-son Qaroriga muvofiq, hashar faqat ixtiyoriy asosda o‘tkazilishi belgilangan. Hasharni o‘tkazish uchun umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida Prezidentning tegishli hujjati yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘lishi shart. Hasharlar unda ishtirok etadigan shaxslar mehnat qiladigan tegishli tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Hasharlar doirasida boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-ta’mirlash ishlariga majburiy jalb etishga qat’iy yo‘l qo‘yilmaydi.

27—28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatining qator tumanlarida o‘tkazilgan hasharlar Prezidentning tegishli hujjatisiz yoki Vazirlar Mahkamasining qarorisiz o‘tkazilgan. Hasharlar doirasida budjet va boshqa tashkilot xodimlari qurilish va obodonlashtirish, shu jumladan, avtomobil yo‘llari bo‘yidagi ishlarga jalb etilgan.

Ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlar doirasida majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini o‘rganish uchun “Azot” AJ, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”, “Farg‘ona Issiqlik energo markazi” MChJ korxonalarida o‘rnatilgan tartibda tekshiruv o‘tkazish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 3 ta guruh shakllantirildi. Tekshiruv natijalari bo‘yicha ko‘rilgan tegishli chora-tadbirlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bu xildagi tadbirlarning o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmasligini tasdiqlaydi hamda joylardagi davlat hokimiyat organlari rahbarlaridan har qanday majburiy mehnat ko‘rinishlarini to‘xtatishni talab etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют