» » Nissan AQShda rul gidrokuchaytirgichidagi nosozlik tufayli 56 ming avtomobilini chaqirib oladi

Nissan AQShda rul gidrokuchaytirgichidagi nosozlik tufayli 56 ming avtomobilini chaqirib oladi


Yaponiyaning Nissan kompaniyasi rul gidrokuchaytirgichidagi nosozlik tufayli Shimoliy Amerika bozoridan 56 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi. Bu haqda avtomobil ishlab chiqaruvchining Amerika filiali 25-mart, shanba kuni ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Chaqirib olish 2013—2014-yillarda chiqarilgan Murano modelidagi krossoverlarga aloqador. Kompaniyaning ta’kidlashicha, zavod nuqsoni tufayli chaqirib olinayotgan avtomobillarda boshqaruv ruli gidrokuchaytirgichi ishchi suyuqligining oqib ketish ehtimoli yuqori bo‘lib, u esa, o‘z navbatida, juda tez alangalanishi mumkin.

“Agar suyuqlik qizib turgan dvigatelga tushsa, alanga chiqishi mumkin”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Nissan nosozlikni bepul bartaraf etishini ma’lum qildi. Hozirgi paytda ko‘rsatilgan nosozlik tufayli biror bir hodisa yuz berganligi haqida ma’lumot yo‘q. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют