» » Germaniya banki adashib tashqi hisob raqamlarga 5,4 mlrd yevro o‘tkazdi

Germaniya banki adashib tashqi hisob raqamlarga 5,4 mlrd yevro o‘tkazdi


Germaniya davlat rekonstruksiya banki (KfW) texnik nosozlik tufayli tashqi hisob raqamlarga 5,4 milliard yevro o‘tkazdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Voqea 20-fevralda sodir bo‘lgan, biroq uning oqibatlari haqida bank endi xabar berdi.

“Yuzaga kelgan holat tizim noto‘g‘ri sozlanishiga olib kelgan inson omili tufayli ro‘y bergani ehtimoldan xoli emas. Xodimlar noto‘g‘ri buyruq bajarilishini tezkorlik bilan to‘xtatib, buning sababini aniqlashga kirishganidan so‘ng jo‘natilgan barcha mablag‘lar qaytarishga muvaffaq bo‘lindi”, — deya ma’lum qildi bank mutasaddilari.

Bu bank bilan sodir bo‘lgan birinchi shunday holat emas. KfW 2008-yili Lehman Brothers’ga, u o‘zining kasodga uchragani haqida e’lon qilganidan bir necha soat o‘tib, mazkur bankka 320 million yevro o‘tkazib bergan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют