» » AQSh rasmiylari Shimoliy Koreyani Bangladesh markaziy banki hisob raqamidagi mablag‘ni o‘marishda ayblashga hozirlik ko‘rmoqda

AQSh rasmiylari Shimoliy Koreyani Bangladesh markaziy banki hisob raqamidagi mablag‘ni o‘marishda ayblashga hozirlik ko‘rmoqda


AQSh federal prokuraturasi Shimoliy Koreyani Bangladesh markaziy bankining Nyu-York federal zaxira bankidagi hisob raqamidan 101 million dollarni o‘marishni tashkil etishda ayblash uchun dalillar tayyorlamoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi. 

Shuningdek, KXDRga bu jinoyatni amalga oshirishda yordam bergan Xitoy kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan ham tekshiruv olib borilmoqda. 

O‘tgan yili kiberxavfsizlik sohasida ishlaydigan Symantec korporatsiyasi KXDRning Osiyodagi uch bank: Bangladesh markaziy banki, Filippin va Vyetnamdagi tijoriy banklar hisob raqamlarini buzishga ehtimoliy aloqadorligini tekshirdi.

Korporatsiya ekspertlari barcha hodisalar ortida KXDR bilan bog‘liq bo‘lgan va 2015-yili Kim Chen In haqidagi “Intervyu” filmi chiqishidan avval Sony Pictures kompaniyasi serverlarini buzgan xakerlar guruhi turganligi haqidagi xulosaga keldi.

Bangladesh markaziy banki hisob raqamining o‘marilishi 2016-yil martida ro‘y berdi. Xakerlar o‘shanda 20 million dollarni Shri-Lanka, 81 million dollarni esa Filippinga o‘tkazib yuborishga muvaffaq bo‘lgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют