» » Kelib chiqishi buxorolik bo‘lgan Zafar Mahmudov Moskva tumanlararo prokurori etib tayinlandi

Kelib chiqishi buxorolik bo‘lgan Zafar Mahmudov Moskva tumanlararo prokurori etib tayinlandi


Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori — Yuriy Chaykaning buyrug‘i bilan, 33 yoshli adliya maslahatchisi Zafar Mahmudov Moskva shahrining Lefortovskiy tumanining tumanlararo prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Repost xabar qiladi.

Zafar Mahmudov Buxoroda tug‘ilgan. 2008-yilda Moskva davlat yuridik akademiyasini tamomlagan.

U 27 yoshidan boshlab Rossiya markaziy tuman prokuraturalarini boshqargan. Siktivkara (Komi) prokurorining yordamchisi, Siktivkara atrof-muhit tumanlararo prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Keyin u Tver viloyati prokuraturasining jinoyat-protsessual faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi prokurori, Tver viloyati Kimra tumanlararo prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2014—2019-yillarda u Meshovskiy prokurori va Kaluga viloyati Yuxnovskiy tuman prokurori bo‘lib ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют