» » Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu tadbir joriy yil 23-iyul kuni o‘tgan yig‘ilishning mantiqiy davomi bo‘ldi. O‘shanda sohadagi tizimli muammolar chuqur muhokama qilinib, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan edi. Bu galgi yig‘ilishda shu boradagi ishlar qanday tashkil etilayotgani yuzasidan mutasaddi vazirlik va tashkilot, hududlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Ular tadbirkorlar tashabbuslarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolarni respublika idoralari aralashuvisiz, joyida hal qilish mumkinligini ta’kidladi.

Masalan, yer ajratish hamda infratuzilmaga ulanish bilan bog‘liq masalalar hal etilsa, tadbirkorlarning aksariyat muammosi yechiladi. Lekin yer ajratish uchun xulosa beradigan sakkizta idora tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari asossiz ravishda, oylab cho‘zib yuborilmoqda.

Prezident mazkur tashkilotlarning ruxsat berishga oid funksiyasini muvofiqlashtirish, ulardagi ma’lumotlar bazasini integratsiyalash orqali bunday “ruxsat beruvchi” idoralar sonini qisqartirish, bu boradagi tartibni takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yirik korxonalarning bo‘sh turgan ob’ektlari negizida qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish, ularni elektr, suv, gaz, yo‘l va aloqa kommunikatsiyalari bilan ta’minlashga ketadigan xarajatlarning 65 foizini respublika budjetidan qoplash tartibini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.

23-iyulda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tadbirkorlar mulklarini kompensatsiya to‘lamasdan buzish va yer maydonlarini olib qo‘yishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan edi. Davlat rahbari shu masalada Bosh vazir o‘rinbosari rahbarligida respublika ishchi guruhi tuzish, ular joylarga chiqqan holda tadbirkorlarga yetkazilgan zararni xatlovdan o‘tkazib, bu mablag‘larni bozor qiymati asosida to‘lab berish zarurligini ta’kidladi.

Joriy yil 5-avgustdan bu boradagi ishlarni qat’iy tartib bilan, uch bosqichda tashkil etish belgilandi. Birinchi bosqichda hududiy hokimliklar buzilishiga zarurat tug‘ilgan joy bo‘yicha materiallar to‘plamini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Ikkinchi bosqichda shaharsozlik talablari bo‘yicha Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari hamda moliyaviy hisob-kitoblar bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan xulosa tayyorlanadi. Uchinchi bosqichda mazkur xulosa ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun Bosh vazirga kiritiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют