» » Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, pul ajratish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlar yil yakunini kutib o‘tiribdi

Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, pul ajratish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlar yil yakunini kutib o‘tiribdi


Shavkat Mirziyoyev raisligida “Har bir oila — tadbirkor” dasturi ijrosini sifatli tashkil etish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

2018-yil 7-iyunda Prezident qarori bilan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi qabul qilingan, barcha tashkiliy, moliyaviy choralar belgilab berilgan edi. Joriy yil 7- martda bu boradagi yana bir muhim hujjat — davlat rahbarining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq maqsadli jamg‘armalardan qo‘shimcha 5 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Umuman, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun joriy yilda tijorat banklari orqali barcha hududlarga 6 trillion 200 milliard so‘m yoki 700 million dollardan ziyod resurslar ajratildi.

Yig‘ilishda ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish qoniqarsiz tashkil etilgani yoki o‘z holiga tashlab qo‘yilgani ta’kidlandi. Jumladan, mart-aprel oylarida tikuvchilik, hunarmandchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikni rivojlantirish, yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, maishiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadlariga yillik mablag‘larning 19 foizi ajratilgan, xolos.

— Bu raqamlar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, pul ajratish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlar yil yakunini kutib o‘tirganidan dalolat beradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Oqibatda aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash, oilalarning moddiy farovonligini yaxshilash kechikmoqda.

Kreditlar ajratish va o‘zlashtirishni jadallashtirish, sektorlar rahbarlari, tijorat banklari va jamoat tashkilotlarining bu boradagi mas’uliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Kam ta’minlangan oilalarga alohida e’tibor bergan holda, ularni tadbirkorlikka o‘rgatish talab darajasida olib borilmayotgani qayd etildi.

Yig‘ilishda Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyati tahlil etilib, ularga yuklatilgan vazifalar — bo‘sh turgan maydonlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, binolarni ishlab chiqarish va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish uchun tadbirkorlarga ajratish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi ijrosi joylarda mutlaqo qoniqarsiz tashkil etilgan uchun Respublika komissiyasi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Markaziy bank hududiy boshqarmalari rahbarlari ogohlantirildi.

Videoselektorda mazkur dastur ijrosini sifatli ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlar belgilab berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют