» » Andijonda MIB xodimi cho‘kayotgan bolani qutqardi

Andijonda MIB xodimi cho‘kayotgan bolani qutqardi


Andijon viloyatining Baliqchi tumanida MIB xodimi cho‘kayotgan bolani qutqarib, uning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Qayd etilishicha, majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi texnik kuzatuv sho‘basi mutaxassisi M.Karimov o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtida tumandagi Do‘ngasaroy MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Andijon” kanalida Do‘ngsaroy MFY, Behizor ko‘chasida yashovchi 2006-yilda tug‘ilgan O‘tkirbek Abdumajidov kanalda cho‘milayotgan vaqtida, cho‘kayotganini ko‘rib qolgan.

Bolani qutqarish uchun o‘zini suvga tashlab, bolani suvdan olib chiqib, yordam ko‘rsatib hayotini saqlab qoldi.

Voyaga yetmagan O‘tkirbek Abdumajidovning ota-onasi, “Do‘ngasaroy” MFY raisi tomonidan byuro xodimi M.Karimovga minatdorchilik bildirildi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют