» » Surxondaryoda MIB xodimi daryoda cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi

Surxondaryoda MIB xodimi daryoda cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi


Majburiy ijro byurosi Boysun tumani bo‘limi davlat inspektori Otabek Aliqulov joriy yil 29-iyun kuni Ko‘rgan daryosiga bexosdan tushib ketgan bola hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi “Daryo”ga xabar berdi.

Davlat inspektori shu kuni soat 13:50 larda tumandagi tog‘li Sangchil mahallasi hududida xizmat vazifasini o‘tab yurgan vaqtida mazkur mahalla hududidan o‘tuvchi Ko‘rgan daryosi chetida turgan 2013-yilda tug‘ilgan Ramziddin Jo‘ramahmudov ehtiyotsizligi tufayli tez oqib turuvchi daryoga tushib ketadi. Uning oqayotganini ko‘rgan O.Aliqulov chamasi 300 metrgacha olti yoshdagi bolakayning ortidan yugurib, uni suvga cho‘kishdan qutqarib qoldi. Shundan so‘ng bolakayga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, o‘zining Matiz rusumli mashinasida “Sangchil” qishloq vrachlik punktiga olib bordi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy yordam muolajasidan so‘ng voyaga yetmagan R.Jo‘ramahmudovning ahvoli yaxshilandi.

Majburiy ijro byurosi xodimining qaltis vaziyatda ko‘rsatgan xizmatidan “Sanchil” mahalla fuqarolar yig‘ini ahli va voyaga yetmagan bolaning qavm-u qarindoshlari mamnun bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют