» » Andijonda mast fuqaro MIB xodimining boshiga urib, tan jarohati yetkazdi

Andijonda mast fuqaro MIB xodimining boshiga urib, tan jarohati yetkazdi


10.05.2019-yil soat 18:30 larda Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati Shahrixon tuman bo‘limi davlat inspektorlari D.E. va I.U. xizmat vazifalarini bajarib, tumandagi “Saroy” mahallasida yashovchi S.B.ning xonadoni gaz hisoblagichi uskunasi ko‘rsatkichlarini xatlov dalolatnomasiga tushirayotgan vaqtda, S.B. (1975-y.t.) mast holatda, davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, ularning chiqib ketishlarini qat’iy talab qilib, davlat inspektori I.U.ning (1988-y.t.) boshiga urib, tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabarida aytiladi.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют