» » Jizzaxda qarzdor MIB xodimining boshiga tosh bilan urdi

Jizzaxda qarzdor MIB xodimining boshiga tosh bilan urdi


Jizzax viloyati Zarbdor tumani fuqarosi uyiga qarzlarini undirish maqsadida kelgan MIB xodimining boshiga tosh bilan urdi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Bunga asosiy sabab – iste’molchilarning to‘lov madaniyatiga amal qilish o‘rniga MIB xodimi harakatini bilib-bilmay yoki atayin vaziyatni keskinlashtirish, musht yoki qarshilik bilan o‘z tomoniga og‘dirib olishga urinish hisoblanadi.

Ammo, Byuroning mazkur faoliyatida ayrim fuqarolarning huquqiy madaniyati yetishmasligi oqibatida davlat inspektorlari va davlat ijrochilariga qarshilik ko‘rsatish holatlari uchrab turibdi.

Misol uchun, Byuroning Zarbdor tuman bo‘limi davlat inspektori B.Amanqulov joriy yilning 15-mart kuni tumandagi “Toshkesgan” QFY, Usmon Nosir ko‘chasidagi 28-uyda istiqomat qiluvchi Z.T.ning xonadoniga borganda, xonadon egasi unga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatgan.

Davlat inspektori foydalanilgan elektr energiyasi va ichimlik suvidan bo‘lgan qarzdorligini undirish hamda ushbu qarzdorlik yuzasidan berilgan “Talabnoma” to‘g‘risida tushuncha berayotganda Z.T.ning uni haqoratlagani yetmaganday, davlat inspektorining bosh qismiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan va uning qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют