» » Qoraqalpog‘istonda MIB xodimlariga jarohat yetkazgan fuqaroga jazo tayinlandi

Qoraqalpog‘istonda MIB xodimlariga jarohat yetkazgan fuqaroga jazo tayinlandi


MIB Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi davlat ijrochilari va tuman IIB profilaktika inspektori “Miynetabad” ovulida istiqomat qiluvchi javobgarning xonadoniga kelganida, uning akasi qarshilik ko‘rsatib, byuro xodimi hamda profilaktika inspektorini urib yiqitib, davlat ijrochisiga tan jarohati yetkazib, ularni vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra Azamat Saburov jabrlanuvchilarga yengil tan jarohati yetkazgan.

U ushbu harakatlari bilan qonunga xilof harakatlarni sodir etdi va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tuman sudining hukmi bilan A.Saburovga ish haqidan har oyda 10 foiz miqdorda davlat foydasiga ushlab qolish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют