» » Sirdaryoda suvga cho‘kayotgan qizni qutqargan yigitning o‘zi halok bo‘ldi

Sirdaryoda suvga cho‘kayotgan qizni qutqargan yigitning o‘zi halok bo‘ldi


30-aprel kuni Jizzax viloyati Zomin tumani “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan Sardor Bahodirov baxtsiz hodisa tufayli hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar beradi O‘zA.

Sardor Bahodirov Guliston shahri hududidan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanali qirg‘oq bo‘ylab ketayotganida cho‘kayotgan qizga ko‘zi tushadi.

U cho‘kayotgan qizni qutqarish maqsadida zudlik bilan suvga tushadi va uning hayotini saqlab qoladi. Ammo suv sovuqligidan Sardorning tomirlari tortishib qolib, o‘zi suv tagiga g‘arq bo‘ladi.

“Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 1999-yil Zomin tumanida tug‘ilgan Sardor Bahodirov ‘cho‘kish oqibatida nafas yo‘llarining suv bilan berkilishidan yuzaga kelgan mexanik asfiksiya’ natijasida vafot etganligi ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan Guliston shaxar prokuraturasi topshirig‘iga asosan zudlik bilan surishtiruv harakatlari boshlab yuborildi”, – deydi Guliston shahar IIB boshlig‘i, polkovnik Z.Qayumov.

Qutqarib qolingan qiz voyaga yetmagan 2005-yilda tug‘ilgan Guliston shahrida yashovchi 8-maktabning 8 -sinf o‘quvchisi Madina Muhiddinova ekani aniqlandi.

Jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali jonlantirish bo‘limiga yetkazildi. Qizning jismoniy holati normallashmoqda. Qizning nima sababdan suvga tushganligi sabablari prokuratura xodimlari tomonidan aniqlanmoqda.

“Bu baxtsiz hodisa – shahar hududidan oqib o‘tuvchi ‘Do‘stlik’ kanalida shu hududning o‘zida joriy yilning birgina aprel oyidagi bu ikkinchisidir. Shahar ma’murlari bu kabi fojialarning oldini olish maqsadida zudlik bilan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqmasa, havo harorati ko‘tarilgan sari bunday baxtsiz hodisalarning takrorlanmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют