» » Sirdaryoda prokuratura xodimi kanalda cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi

Sirdaryoda prokuratura xodimi kanalda cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi


8-aprel kuni kechqurun viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Ubatov suvda cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga xabar berdi.

8-aprelda soat 22:00 da Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali qirg‘og‘i bo‘ylab ketayotgan viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Ubatov suv yuzasidan kelayotgan past ovozdagi shovqinni eshitib qolgan. Diqqat bilan tikilib, odam oqib kelayotganiga ishonch hosil qilgan. So‘ngra zudlik bilan yaqin atrofdagi vagon tomonga yugurib borib, belkurak topib kelgan. Tezda ustki kiyimlarini yechib, o‘zini suvga tashlagan. Oqib ketayotgan odam ikki qo‘li bilan qutqaruvchi uzatgan belkurakning dastasidan mahkam ushlab olib, o‘zi ham chiqishga harakat qilgan. Jabrlanuvchini bir amallab qirg‘oqqa tortib kelgan A.Ubatov yo‘lakdan o‘tayotgan ikki nafar ayolga “tez yordam” chaqirishlarini iltimos qilgan. Hodisa joyiga yetib kelgan odamlar bir-birlarining qo‘llaridan mahkam tutib, zanjir bo‘lib, suv bo‘yidan tortib olishgan.

Qutqarilgan kishi 16-17 yoshlardagi qiz ekanligi ma’lum bo‘lgan. Shok holatida bo‘lgani bois dastlab gapira olmagan. U shoshilinch tarzda “tez yordam” mashinasida RSHTYoIM viloyat filialiga olib kelingan va shifoxonaning Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Suvda cho‘kayotganida qutqarib qolingan Munira Shamshiyeva 2002-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Guliston shahar ”Ulug‘ yo‘l” MFY hududida yashaydi. Shahardagi 4-o‘rta umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi. Ma’lum bo‘lishicha, qiz kanal chetiga o‘rnatilgan zinadan pastga tushgan va bexosdan suvga yiqilib, oqib ketgan. U endilikda o‘zini yaxshi his qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют