» » Farg‘onada yosh ona ikki yashar farzandi bilan o‘zini kanalga tashladi. Nega bunday qilgani — noma’lum

Farg‘onada yosh ona ikki yashar farzandi bilan o‘zini kanalga tashladi. Nega bunday qilgani — noma’lum


Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani IIB huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘linmasining tezkor harakatlari tufayli o‘z joniga qasd qilib, voyaga yetmagan farzandi bilan o‘zini kanalga tashlab yuborgan ayol qutqarib qolindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 2017-yil 3-mart kuni soat 10:50 larda, Qo‘shtepa tumani IIB huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘linmasi boshlig‘i mayor Davlat Daminovga tuman hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar kengashi raisi Muhabbat Mo‘ydinova qo‘ng‘iroq qilib, Do‘rmon qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tgan katta Farg‘ona kanalining o‘ng tomonida ayol kishi qo‘lida voyaga yetmagan farzandi bilan o‘ychan ahvolda o‘tirganligini, hozirda uning oldiga borayotganligi haqida xabar bergan.

Mazkur xabardan so‘ng, mayor Daminov zudlik bilan Mo‘ydinova aytgan joyga yetib borganida, kanal qirg‘og‘ida o‘tirgan ayol o‘z joniga qasd qilib, qo‘lidagi voyaga etmagan farzandi bilan birga o‘zini kanalga tashlab yuborgan.

Shu vaqtda yo‘lovchilar — Qo‘shtepa tumani Langar qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Abduhamid G‘ulomov va Azizjon Bo‘tayev ularni qutqarish uchun o‘zini suvga tashlagan.

Ularni ortidan mayor Daminov ham o‘zini suvga tashlab, cho‘kib ketayotgan ayolni va uning voyaga yetmagan farzandini qutqarishga harakat qilgan — bolani qutqarib olib, suvdan chiqargan. So‘ng esa ortiga qaytib, yuqoridagi fuqarolar yordamida ayolni ham qutqarib, qirg‘oqqa olib chiqqan.

“Hozirda 1994-yilda tug‘ilgan ayol va uning ikki yashar farzandining ahvoli qoniqarli holatda. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Ayol nima uchun o‘zini suvga tashlagani bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar bildirilmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют