» » Toshkentda Salor kanalida cho‘kayotgan fuqaro qutqarib olindi

Toshkentda Salor kanalida cho‘kayotgan fuqaro qutqarib olindi


Joriy yilning 4-mart kuni soat 17:00 larda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchisiga fuqaro S.Quvvatov telefon qilib, Yakkasaroy tumanida joylashgan “Qashqadaryo milliy taomlari” kafesi yonidan oqib o‘tuvchi Salor kanalida shaxsi noma’lum fuqaro cho‘kayotganini xabar qildi, deyiladi FVV rasmiy saytida.

Qutqaruvchi-g‘avvoslar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus qutqaruv anjomlari yordamida kanalda cho‘kayotgan fuqaroni suvdan olib chiqdi va sun’iy nafas berish yo‘li bilan uning yurak faoliyatini tikladi. Qutqaruvchilar jabrlanuvchini malakaviy tibbiy yordam olishi uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga topshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют