» » Farg‘onada qo‘shnining hushyorligi sabab 75 yoshli fuqaroning hayoti saqlab qolindi

Farg‘onada qo‘shnining hushyorligi sabab 75 yoshli fuqaroning hayoti saqlab qolindi


Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga fuqaro J.R. qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shnisi — 75 yoshli M.L. xonadon eshigini ochmayotgani va qo‘ng‘iroqlarga javob bermayotgani haqida xabar bergan.

O‘zbekiston FVV axborotiga ko‘ra, olingan xabarga asosan qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga borib, mahalla raisi va qo‘shnilar ishtirokida maxsus qutqaruv asbob-uskunalari yordamida M.L.ning xonadoni eshigini ochgan.

Ichkariga kirgan qutqaruvchilar xonadon egasi behush holda yotganini ko‘rgan. Fuqaroga darhol birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, so‘ng malakali shifokorlarga topshirilgan.

“Qo‘shnining hushyorligi va qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yana bir kishining hayoti saqlab qolindi”, — deyiladi FVV axborotida.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 127) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют