» » Toshkentda cho‘kayotgan ona va uning 3 qizi IIBB sobiq xodimi tomonidan qutqarilgani xabar berildi

Toshkentda cho‘kayotgan ona va uning 3 qizi IIBB sobiq xodimi tomonidan qutqarilgani xabar berildi


10-aprel kuni Toshkentning Olmazor tumanida Qichqiriq kanali bo‘ylab sayr qilib yurib, uch qizi bilan kanalga tushib ketgan ayolni Toshkent shahar IIBB sobiq xodimi qutqarib qoldi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.

Hodisa taxminan 10:30 lar atrofida Chimboy turar-joy massivida sodir bo‘lgan. 36 yoshli ayolning 7 yoshli kichik qizi daraxtdan dovuchcha uzaman deb suvga tushib ketgan. Uni qutqarish uchun onasi o‘zini suvga tashlagan. Ayolning 9 va 14 yoshli qizlari ham yordamga shoshilib, suvga tushgan. Kichik qizni sohilga chiqarib qo‘yishgan, ammo o‘zlari cho‘ka boshlagan va odamlarni yordamga chaqirgan.

Shu yerdan o‘tib ketayotgan bir erkak baqiriqlarni eshitib, yordamga shoshilgan. O‘zini suvga otib, cho‘kayotganlarni qutqargan, so‘ng tez yordam chaqirgan. Shifokorlar ularning ahvolini qoniqarli deb topgan.

Ona-bolalarni qutqargan erkak IIBB sobiq xodimi, mayor, ayni paytda pensiyada bo‘lgan Husanboy Qurbonovich Mansurov bo‘lib chiqdi. Ayol va qizlari unga minnatdorlik izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz, 11-aprel kuni Toshkentning Damariq kanalida cho‘kayotgan ona va uning uch farzandi Milliy gvardiya xodimi kichik serjant N. Norqobilov tomonidan qutqarib qolingani Milliy gvardiya matbuot xizmati tomonidan xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют