» » Agro Food Forum — 2017: yilning asosiy oziq-ovqat konferensiyasidan nimalarni kutish kerak?

Agro Food Forum — 2017: yilning asosiy oziq-ovqat konferensiyasidan nimalarni kutish kerak?


Hech kimga sir emaski, qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodiyotining eng muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy O‘zbekistonda agrosanoat tarmog‘ini mustahkamlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu tufayli, tarmoqli ko‘rgazma va konferensiyalar ayniqsa dolzarb: ular professional tajriba bilan bo‘lishish, potensial sheriklar, investorlar, buyurtmachilar va shunchaki, maslakdoshlarni topish imkonini beradi.

Bunday katta ko‘lamdagi voqealardan biri 1-aprel kuni Toshkentning “Zarqaynar” galereyasida bo‘lib o‘tadi. Agro Food Forum — 2017 xalqaro konferensiyasi yirik forum bo‘lib, uning doirasida kichik va o‘rta biznesning yuzlab vakillari, fermerlar, maslakdoshlar, uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar o‘z tajribalari bilan bo‘lishadi va eng muhim masalalar yechimlari yo‘llarini muhokama qiladi.

Forum mavzusi — “Meva va sabzavotlarni qayta ishlash texnologiyalari va oziq-ovqat xavfsizligi” ko‘plab dolzarb masalalarni birlashtiradi, konferensiya davomida esa ularga to‘la-to‘kis javoblar beriladi. Meva-sabzavot mahsulotlari sifatini oshirish, qayta ishlashni yaxshilash va qadoqlash usullari, shuningdek, fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish muhokama etiladi.

Forum ishtirokchilari zamonaviy uskunalarni tanlash, o‘rnatish va foydalanish tajribasi bilan bo‘lishadi, eksport hajmini oshirish yo‘llarini muhokama etadi. Alohida e’tibor oziq-ovqat xavfsizligidagi birlamchi masalalarga qaratiladi.

Toshkentdagi forumda dunyoning o‘ndan ortiq yetakchi kompaniyalari qatnashadi, ular orasida FAM (Belgiya), Octofrost (Shvetsiya), Cabinplant (Daniya), OMIP (Italiya), TOMRA (Belgiya), Visser (Gollandiya) kabi dunyoga mashhur kompaniyalar bor.

Yildan-yilga ishtirokchilar soni ortib bormoqda, bu forumning oziq-ovqat sanoatidagi yuqori nufuzidan, muhokama etilayotgan mavzularning dolzarbligidan va bunday tadbirlarni ochiq suhbat formatida o‘tkazish zarurligidan dalolat beradi.

Forum tashkilotchisi, General Machinery Group (GMG) — meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha Yevropa uskunalarini yetkazib berish sohasida Markaziy Osiyodagi eng yirik kompaniyalardan biri. Kompaniya mutaxassislari har qanday murakkablikdagi ishlab chiqarish liniyalarini tayyor holga keltirib beradi: bu kerakli uskunani saralab olish va o‘rnatishdan tortib, uni sexda ishga tushirish, sinov rejimida foydalanib ko‘rish va kafolatli servis xizmatini ko‘rsatishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, kompaniya keng spektrdagi qishloq xo‘jaligi va unga bog‘liq soha texnikasini yetkazib beradi.

Agro Food Forum — 2017 da qatnashmoqchimisiz?

Zarur ma’lumotga ega bo‘lish va forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish quyidagi telefon bo‘yicha:

(+99871) 150-78-88.

Telegram: (+99897) 752-78-88.

Tashkilotchi sayti: gmgtrade.com

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi, 1-uy, “Zarqaynar” o‘zbek modasi uyi.

Mo‘ljal: Chorsu dahasi, “Eski juva” bozori, “Zarqaynar” supermarketi.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (27-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют