» » O‘zbekistonda Qurbon Hayiti 11-avgust kuni nishonlanadi

O‘zbekistonda Qurbon Hayiti 11-avgust kuni nishonlanadi


Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Qurbon Hayitini nishonlash to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Unga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019-yilda Qurbon Hayitining birinchi kuni 11-avgust, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olingan.

Prezident hududiy hokimlik organlariga “Nuroniy” jamg‘armasi, Respublika mahalla kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda “Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirishi” bo‘yicha topshiriq bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 120) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют