» » “Yuventus” hujumchisi faoliyatini APLda davom ettiradi

“Yuventus” hujumchisi faoliyatini APLda davom ettiradi


“Yuventus” hujumchisi Moyze Kin “Everton” o‘yinchisiga aylandi. Bu haqda Liverpul klubining rasmiy saytida e’lon qilindi.

19 yoshli futbolchi “Everton” bilan 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Avvalroq inglizlar Kin uchun “keksa sinyora”ga 27,5 million funt to‘lashi haqida xabar berilgandi. Shartnomaga ko‘ra, turinliklar futbolchini 36,6 million funt evaziga qayta sotib olish imkoniyatini o‘zida saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Kin ortda qolgan mavsum Italiya chempionatida 13 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta golga mualliflik qildi hamda 1 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют