» » SSV: Samarqandda 29 kishida qizamiq tasdiqlangan

SSV: Samarqandda 29 kishida qizamiq tasdiqlangan


Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron nashrlarda e’lon qilingan Samarqandda qizamiq tarqalayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, 2019-yil yanvardan 5-avgustgacha bo‘lgan muddatda Samarqand viloyatida 419 ta holatda qizamiqqa gumon qilingan bo‘lib, ulardan 29 nafarida kasallik tasdiqlangan. JSST mamlakatga qizamiq virusi boshqa davlatlardan kirib kelganligini tasdiqladi. 2018-yilda respublika bo‘yicha qo‘shimcha profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar natijasida 22310 kishi qizamiq kasalligiga qarshi emlandi.

Samarqand viloyatida kasallikni kelib chiqishining asosiy sababi ham qizamiqqa qarshi emlanmagan chet ellik fuqarolar bo‘lgan. Aholi orasida ushbu kasallikni tarqalishining oldini olish va to‘xtatish maqsadida ular bilan muloqotda bo‘lgan 11101 nafar shaxs emlangan. O‘lim holatlari qayd etilmagan.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonga 2017 va 2018-yillarda JSSTning “Qizamiq va qizilcha kasalligining eliminatsiyasi” , ya’ni, ushbu kasalliklarning mahalliy tarzda tarqalishining to‘xtatilganligi to‘g‘risida xalqaro sertifikati berilgan. Unga muvofiq, mamlakat uchun indikator ko‘rsatkichi 100000 nafar aholi soniga nisbatan 2 ta holatda kasallik tasdiqlanib, ro‘yxatga olinishi mumkin. Hozirda O‘zbekistonda bunday holat kuzatilmayapti. Qolaversa, ayni paytda eliminatsiyani, ya’ni qizamiq tarqalishining to‘xtatilganlik holatini saqlab qolish borasida barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu kasallik tarqalishining oldini olish va o‘choqlarini to‘liq bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha ravishda 100000 doza qizamiq vaksinasi olinib, emlash uchun joylarga yetkazildi. Shuningdek, qizamiq kasalligini o‘z vaqtida aniqlash, tarqalib ketishining oldini olish va davolash hamda bolalarni vaksina profilaktikasi bilan qamrab olish maqsadida epidemiologik nazorat kuchaytirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют